2026-yil 10-aprel kuni soat 11:30 da Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Unda tumanning 2026-yil 1-yanvar holatiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘larini qaysi yo‘nalishlarga ajratish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Kun tartibidagi asosiy masalalar:
🔹 Iqtisodiyot va moliya bo‘limi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish;
🔹 Oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish;
🔹 Maktablar va sport maydonchalariga PTZ-kameralar o‘rnatish;
🔹 Oilaviy poliklinikalar hamda statsionar bo‘limlar uchun tibbiy jihozlar xarid qilish;
🔹 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi g‘oliblarini rag‘batlantirish.
💬 Mazkur yig‘ilishda ta’lim, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilinadi.
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar tumandagi mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi uchun qulay sharoit yaratish va byudjet mablag‘larining manzilli sarflanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)