Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya 👥 Yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
#doimiy_komissiya 🏥 Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2026-yilgi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
#doimiy_komissiya 🎉 Yoshlar festivalini tashkil etish va faol yoshlarni rag‘batlantirish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
янв.21
#doimiy_komissiya 🏆 “DXX kubogi” va “Besh tashabbus olimpiadasi” g‘oliblarini taqdirlash uchun mablag‘ ajratish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 Hokimlik faoliyatini zarur kanselyariya vositalari bilan ta’minlash masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 Hokimlik hududida mini stadion va sog‘lomlashtirish maydonchasi tashkil etish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 Markaziy shifoxonadagi bemorlar uchun sharoitlarni yaxshilash masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
янв.21
#doimiy_komissiya 📊 Kengashga taqdim etilgan hisobot sessiyadan oldin o‘rganildi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 Fuqarolarga moddiy yordam ajratish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 Hokimlik faoliyatini yoritishga qaratilgan mediamahsulotlar uchun mablag‘ ajratish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
Aholiga tibbiy yordam ko’rsatish holati deputat nazoratida.

Mahalla aholisiga sifatli va o’z vaqtida tibbiy yordam ko’rsatish deputat e’tiborida. Joriy yilda mahalla tibbiyot punktlari va poliklinikalarda tibbiy xizmatlarning samaradorligi, zarur dori-darmon va asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligi 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva 37-OP da tibbiy xizmat ko'rsatishning sifati, zamonaviy moddiy-texnik bazasini mustahkamligi va bo'limda kadrlar salohiyatini o'rgandi.

O’rganish davomida aholi va tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Sohadagi muammolar va ehtiyojlar o’rganildi, tibbiy xizmatdan rozilik va qoniqish darajasi aniqlandi. Shu bilan birga, zarur tibbiy preparatlar va xizmat ko’rsatish sifati ta’minlanishi uchun deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat nazoratidagi ishlar aholi sog’lig’ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlarning samaradorligini oshirish hamda aholi uchun qulay va tezkor tibbiy yordamni ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, mahalla aholisi orasida profilaktika ishlari, tibbiy bilim va salomatlik haqidagi tushuntirish ishlari ham amalga oshirildi.

Bu ishlar aholi uchun tibbiy xizmat ko’rsatishning barqarorligi va yuqori darajada ta’minlanishiga xizmat qiladi. Deputat nazoratida olib borilgan tadbirlar aholining salomatligini muhofaza qilish va tibbiy yordam sifatiga oid masalalarni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 1