Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#162_ta_qonun 📌 “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#Deputat_nazorati 📌 Deputat yoshlar bilan bir jamoada Zakovat intellektual o‘yinida ishtirok etdi
янв.21
#ish_reja_ijrosi 📌 Bugungi o‘rganishlar sarhisob qilinib, ertangi kun vazifalari belgilandi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 SIFAT VA XAVFSIZLIK MASALALARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
#24_ta_masala 📌 Xotin-qizlar murojaatlari va oilaviy masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
#162_ta_qonun #ish_reja_ijrosi 📌 “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Mohpar mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi
янв.21
#ish_reja_ijrosi #24_ta_masala 📌 Mitan hududiy filialida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Mahallada ijtimoiy xizmatlar sifati va ijtimoiy yordamlar ajratilishi o‘rganildi
🕌O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

🕌O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordlar kitobiga kirdi 

Tumanimizda joylashgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” nominatsiyasi bo‘yicha rasman Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. (https://dunyo.info/uzk/news/istoricheskoe-priznanie-centr-islamskoy-civilizacii-v-uzbekistane-vnesyon)

Hazrati Imom majmuasi hududida barpo etilgan ushbu markaz 10 gektar maydonni egallaydi. Binoning uzunligi 161 metr, kengligi 118 metr, gumbazining balandligi 65 metr, xonalarining umumiy maydoni esa 50 ming kvadrat metrga yaqin. Aynan shu ko‘rsatkichlar uni jahondagi eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeylaridan biriga aylantirdi.

Ginnes rekordlar kitobiga kiritilganini tasdiqlovchi sertifikat tashkilot vakili Sheyda Subashy (Şeyda Subaşı) tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

_________________

🕌Центр исламской цивилизации в Узбекистане вошёл в Книгу рекордов Гиннесса

Центр исламской цивилизации в Узбекистане, расположенный в районе, официально включён в Книгу рекордов Гиннесса в номинации «Самый крупный музей исламской цивилизации».

Центр, возведённый на территории комплекса Хазрати Имам, занимает площадь 10 гектаров. Длина здания составляет 161 метр, ширина — 118 метров, высота купола — 65 метров, а общая площадь помещений достигает почти 50 тысяч квадратных метров. Именно эти показатели делают его одним из крупнейших музеев исламской цивилизации в мире.

Сертификат, подтверждающий включение в Книгу рекордов Гиннесса, был торжественно вручён представителем организации Шейдой Субаши.

Slide 1 of 1