Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati F.Abdurrzzaqov tomonidan sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan muhim loyiha yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
Mazkur so‘rovda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarori asosida Ishtixon tumani 5-son oilaviy poliklinika binosini rekonstruksiya qilish, uni zamonaviy 2-tip oilaviy poliklinikaga moslashtirish ishlari alohida e’tiborga olingan.
👨⚕️ Deputat tomonidan:
- 2026-yil I choragi davomida bajarilgan ishlar,
- qurilish va rekonstruksiya jarayonining bugungi holati,
- loyihaning belgilangan muddatlarda yakunlanish imkoniyati yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
Ushbu deputatlik so‘rovi hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini joyida o‘rganishga qaratilgan.
Batafsil... (https://telegra.ph/Deputat-sorovi-tibbiyot-muassasasidagi-rekonstruksiya-ishlari-nazoratda-04-03)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)