Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Kengash_qarori 📚 Tuman hokimligi xodimlari malakasini oshirmoqda
янв.21
#Kengash_qarori 📚 Ustoz va o‘quvchilarga e’tibor – Kengash qarorida aks etdi
янв.21
#Kengash_qarori 🌱 Toytuyoq suvombori atrofida yangi turizm maskani barpo etilmoqda
янв.21
#Kengash_qarori 🌍 “ZO‘R KLASS” loyihasi – Ta’lim sifatini oshirishga yangi imkoniyat
янв.21
#sorov_ijrosi Kattaqo‘rg‘on 1-tor ko‘chasining 100 metri 2026-yilda ta’mirlanadi
янв.21
#sorov_ijrosi Maktab yonidagi svetofor ta’mirlanib, qayta o‘rnatiladi
янв.21
#sorov_ijrosi Deputat so‘roviga amaliy javob: yo‘l ta’miri dasturga kiritilmoqda
янв.21
#sorov_ijrosi Yangiobod ko‘chasining 300 metri 2026-yilda ta’mirlanadi
янв.21
Narpay tajribasi asosida o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Narpay tajribasi asosida muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.

Toshloq tumani Kengashi deputati R.Matqulov tomonidan 19-Xonariq saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar davomida 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalining ta’mirtalabligi hamda sport anjomlarining eskirgani aniqlangan. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida tuman hokimligiga deputat so‘rovi yuborilgan.

Mazkur so‘rovga belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etilib, unda tumandagi og‘ir toifadagi 4 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ijtimoiy soha obyektlarini Jahon banki grant mablag‘lari hisobidan mukammal ta’mirlash rejalashtirilganligi ma’lum qilingan. Xususan, Xonariq mahalla fuqarolar yig‘ini ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan.

Shuningdek, hududdagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini 2026-yil davomida to‘liq mukammal ta’mirdan chiqarish belgilangan bo‘lib, mazkur jarayonda maktabning sport infratuzilmasini yaxshilash ham inobatga olinishi qayd etilgan.

Slide 1 of 1