Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 22-Nayman saylov okrugidan saylangan deputat Xolmurodov Oybek Yusupovich Nayman mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchilari faoliyati o'rgandi.
O'rganish davomida deputat yoshlarning yoshlar yetakchilari tomonidan qilingan ishlar nazorat qilindi. Shuningdek, ularning hududdagi ijtimoiy tashabbuslari va jamiyatga qo‘shayotgan hissasini batafsil o‘rganib chiqdi.
Deputat yoshlarning kundalik faoliyatini o‘rganish jarayonida:
Sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha hududda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Yoshlar daftariga kiritilgan yoshlar va daftardan chiqarilish holatlari nazorat qilindi, mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.
Deputat yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va kelajakda hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.