Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 📍 Aholiga sifatli tibbiy xizmat – doimiy e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Facebook sahifasi
янв.21
📌 Sessiya yakunida kotib axboroti eshitildi
янв.21
#Sessiya 📌 Sessiyada muhim va dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
#Sessiya 💰 Ishtixon tumanida jamg‘arma mablag‘lari ajratish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#Sessiya 📌 Ishtixon tumanida mahalliy byudjet mablag‘lari taqsimoti
янв.21
#Sessiya 💧 Ishtixon tumanida nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#Sessiya 💼 Ishtixon tumanida ajratilgan mablag‘lar ishlatilishi yuzasidan hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
#Sessiya 📄 Ishtixon tumanida tashabbusli byudjet jarayonlariga oid qaror qabul qilindi
янв.21
💰 Ishtixon tumanida “Ochiq byudjet” loyihalari bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlandi
Mahallada sport infratuzilmasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi rais o‘rinbosari O.Sadullayev tomonidan tumandagi Chaqar mahallasida aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun yaratilgan sport inshootlari hamda ularning jihozlari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda mavjud sport inshootlari va ularda yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, sport maydonlarining texnik holati, jihozlarning yaroqliligi, ularning xavfsizlik talablariga mosligi hamda aholining ulardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Shuningdek, bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan mavjud sharoitlar o‘rganilib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish davomida ayrim sport inshootlari va jihozlarni ta’mirlash, yangilash hamda qo‘shimcha sport maydonchalari tashkil etish zarurligi qayd etildi. Shu bilan birga, mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish, uni asrab-avaylash va aholining bu boradagi mas’uliyatini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish ishlari hududlarda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yoshlar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish hamda ularning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3