#Sessiyadan
👍 Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarovning axborotida adliya bo‘limlari tomonidan 2025-yilda amalga oshirgan ishlari va qonuniylikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
👍 Shu jarayonda “26-Xalqobod” saylov okrugidan saylangan deputat S.Usmonov tomonidan taklif bildirildi.
Unga ko‘ra, Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarda qonun buzilishlarini oldini olish maqsadida adliya bo‘limlari qoshida tashkil etilgan "Madad"NNT lar bilan hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.
📌 Deputatning ushbu taklifi qarorlar qabul qilishda huquqiy ekspertiza va adliya organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.
✅@sam_vil_deputatlari