Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Kengash_qarori 📚 Tuman hokimligi xodimlari malakasini oshirmoqda
янв.21
#Kengash_qarori 📚 Ustoz va o‘quvchilarga e’tibor – Kengash qarorida aks etdi
янв.21
#Kengash_qarori 🌍 “ZO‘R KLASS” loyihasi – Ta’lim sifatini oshirishga yangi imkoniyat
янв.21
#Kengash_qarori 🌱 Toytuyoq suvombori atrofida yangi turizm maskani barpo etilmoqda
янв.21
#sorov_ijrosi Kattaqo‘rg‘on 1-tor ko‘chasining 100 metri 2026-yilda ta’mirlanadi
янв.21
#sorov_ijrosi Maktab yonidagi svetofor ta’mirlanib, qayta o‘rnatiladi
янв.21
#sorov_ijrosi Yangiobod ko‘chasining 300 metri 2026-yilda ta’mirlanadi
янв.21
#sorov_ijrosi Deputat so‘roviga amaliy javob: yo‘l ta’miri dasturga kiritilmoqda
янв.21
Narpay tajribasi asosida o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Narpay tajribasi asosida muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov sessiyada norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash va huquqiy targ‘ibot sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi, uning axboroti tinglandi.

#Sesiyadan

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov sessiyada norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash va huquqiy targ‘ibot sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi, uning axboroti tinglandi.

Axborotga ko‘ra, 415 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, 372 tasiga ijobiy xulosa berilgan, 43 tasi esa talablarga javob bermagani uchun qaytarilgan.

📊 “E-qaror” tizimi orqali 2025 yilda mahalliy hokimliklar tomonidan 12 320 ta qaror va farmoyish qabul qilingan. Adliya organlari monitoringi natijasida qonunbuzilishlar kamayib bormoqda: 2023 yilda 286 ta, 2024 yilda 179 ta, 2025 yilda esa 160 ta.

🇺🇿 Prezidentning PF–80-son Farmoniga muvofiq, adliya bo‘limlariga qo‘shimcha vazifalar yuklatilib, davlat organlari va “mahalla yettiligi”ga huquqni qo‘llash sohasida amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

👍 Shu maqsadda “Mahalla yettiligining asosiy vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanma”, “Yoshlar huquqi”, “Ayollarga huquqiy maslahatlar”, “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun huquqiy to‘plam”, “Tadbirkorlar uchun maslahatlar” kabi qo‘llanmalar tayyorlanib, viloyatdagi 1063 ta mahallaga taqdim etildi.

 📝Ushbu ishlar huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

✅ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1