Navbatdagi sessiyaga kiritiladigan masala joyiga chiqib o‘rganildi
⭐️Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
✅Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nargiza Kenjayeva tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq sessiya oldidan Urgut tumanidagi bir qator tibbiyot muassasalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
📝O‘rganish davomida tibbiyot muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot xodimlarining faoliyati hamda dori-darmon ta’minoti holati tahlil qilindi.
👍Shuningdek, ayrim muammoli masalalar — xususan, mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish zarurati yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
✅O‘rganish natijalari tegishli tartibda umumlashtirilib, mavjud muammolar yuzasidan doimiy komissiya yig'ilishiga takliflar kiritildi.
✅@sam_vil_deputatlari