#doimiy_komissiya
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
✅Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi Zoom platformasi orqali bo’lib o’tdi.
✅Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan muhokama o'tkazildi.
⭐️Doimiy komissiya majlisida
✍️ 1. Samarqand viloyatida 2025-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati to‘g‘risida viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattorovning axboroti.
✍️2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-71-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda “Samarqand viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filialida” korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
✍️3. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida.
✍️4. Samarqand viloyatida xavfsiz muhitni shakllantirish, jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha Toshkent shahar tajribasi asosida uyushgan jinoyatchilik va narkojinoyatlar, shuningdek, kiberjinoyatlar hamda yashirin iqtisodiyotni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ko'rib chiqildi hamda sessiyaga tayyorgarlik yuzasidan tegishli ko'rsatma va takliflar berildi.
✅ @sam_vil_deputatlari