Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#96_ta_qonun 👨‍💼 Aholi bandligini ta’minlash masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
#deputat_sorovi ➕14-son oilaviy poliklinika bo‘yicha qurilish ishlari yuzasidan ma’lumot so‘raldi
янв.21
#96_ta_qonun 👨‍💼 Iqtisodiyot, tadbirkorlik va bank sohasiga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
янв.21
#96_ta_qonun 🏖 Ekologiya va atrof-muhitga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
янв.21
#96_ta_qonun 🎮 Eng muhim qonunlar deputatlar o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
⭐️ 67 nafar fuqaroning mulk huquqi rasman e’tirof etildi
янв.21
#deputat_sorovi ➕11-son oilaviy poliklinikadagi qurilish ishlari nazoratga olindi
янв.21
#deputat_sorovi ⚡️6-son oilaviy poliklinika rekonstruksiyasi nazoratga olindi
янв.21
#24_ta_masala ✅ Aholi muammolari o‘rganilmoqda – amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
#96_ta_qonun 📚 Eng muhim qonunlar deputatlar o‘rtasida taqsimlandi
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI ISHLAR TAHLILI

 Yig‘ilish
kun tartibiga Oltinsoy tumanida ekologik holatni yaxshilash, atrof-muhitni
muhofaza qilish hamda iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini kamaytirish
borasida 2026-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi
masala kiritildi.
 

Mazkur
masala yuzasidan tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim
o‘zgarishi bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot
tinglandi. Hisobotda hududda ekologik muvozanatni saqlash, chiqindilarni
boshqarish tizimini takomillashtirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda
aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish borasida amalga oshirilgan
chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
 

Yig‘ilish
davomida komissiya a’zolari tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi
ishlar samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda
nazorat mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar
bildirildi.
 

Kun
tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib, Xalq
deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritish uchun tavsiya
etildi.
  

Slide 1 of 1