Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala ✅ Chag‘atoy mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🤩 Ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🤩Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala #kotibiyat_mudiri ✨ Qo‘chqor Qarshiyev mahallasida sanitariya holati va chiqindi muammolari o‘rganildi
янв.21
#sorov_ijrosi ➕ Deputat so‘rovi asosida 11-son oilaviy poliklinika rekonstruksiyasi yuzasidan ma’lumot olindi
янв.21
#sorov_ijrosi ➕ Deputat so‘rovi asosida 6-son oilaviy poliklinika rekonstruksiyasi yuzasidan ma’lumot olindi
янв.21
#sorov_ijrosi 📢 Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
#sorov_ijrosi ➕ Deputat so‘rovi asosida Qoraqo‘yli MFYdagi yangi oilaviy poliklinika qurilishi yuzasidan ma’lumot olindi
янв.21
#sorov_ijrosi ➕ Deputat so‘rovi asosida 5-son oilaviy poliklinika rekonstruksiyasi yuzasidan ma’lumot olindi
янв.21
#24_ta_masala ✅ Boylata mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
SESSIYA OLDI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI

Yig‘ilish kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarori ijrosini ta’minlash masalasi kiritildi. 

Mazkur qarorga muvofiq, Oltinsoy tumanida 2026-yil vegetatsiya davrida yakuniy iste’molchilar kesimida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar ko‘rib chiqildi. 

Yig‘ilish davomida mas’ul tashkilotlar tomonidan suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, mavjud suv manbalarini tejash hamda ularni adolatli taqsimlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, suv taqsimoti jarayonida shaffoflikni ta’minlash va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi. 

Kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib, Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritish uchun tavsiya etildi. 

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 5