Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputat_sorovi ➕14-son oilaviy poliklinika bo‘yicha qurilish ishlari yuzasidan ma’lumot so‘raldi
янв.21
#96_ta_qonun 👨‍💼 Aholi bandligini ta’minlash masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
#96_ta_qonun 👨‍💼 Iqtisodiyot, tadbirkorlik va bank sohasiga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
янв.21
#96_ta_qonun 🏖 Ekologiya va atrof-muhitga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
янв.21
#96_ta_qonun 🎮 Eng muhim qonunlar deputatlar o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
#deputat_sorovi ➕11-son oilaviy poliklinikadagi qurilish ishlari nazoratga olindi
янв.21
⭐️ 67 nafar fuqaroning mulk huquqi rasman e’tirof etildi
янв.21
#24_ta_masala ✅ Aholi muammolari o‘rganilmoqda – amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
#deputat_sorovi ⚡️6-son oilaviy poliklinika rekonstruksiyasi nazoratga olindi
янв.21
#96_ta_qonun 📚 Eng muhim qonunlar deputatlar o‘rtasida taqsimlandi
BAXMAL TUMANIDAGI "NURCHAMAN" KO‘CHASI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI

BAXMAL TUMANIDAGI "NURCHAMAN" KO‘CHASI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI

Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi deputati tomonidan Sangzor va Nushkent MFYlarini bog‘lovchi yo‘lni ta’mirlash masalasida tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Baxmal tumani aholisidan kelib tushgan murojaatlarga asosan, Sangzor va Nushkent mahalla fuqarolar yig‘inlarini tutashtiruvchi, kanal bo‘ylab o‘tgan 1 km 800 metr masofadagi Nurchaman ko‘chasi bugungi kunda ayanchli holatga kelib qolgan.

Mazkur yo‘lning holati necha yillardan buyon aholi uchun jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, kuz-qish mavsumida yo‘l mutlaqo loygarchilikka aylanib, maktab o‘quvchilari, keksalar va transport vositalari harakati uchun xavfli holatni yuzaga keltirmoqda. Yoz oylarida esa doimiy chang-to‘zon hududdagi xonadonlarning sanitariya holatiga hamda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida, xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi deputati M.Baratova tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga rasmiy deputatlik so‘rovi chiqarildi.

So‘rovda quyidagi masalalar ko‘tarilgan:

  • Nurchaman ko‘chasini ta’mirlash ishlarini joriy yilgi manzilli dasturga kiritish;
  • Agar dasturga kiritilmagan bo‘lsa, zudlik bilan yo‘lga shag‘al yotqizish yoki asfaltlash ishlarini rejalashtirish;
  • Mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan ko‘riladigan choralar haqida qonunda belgilangan muddatda ma’lumot berish.

Mazkur ko‘chada amaliy ishlar boshlanmaguncha va aholi muammosi hal etilmaguncha vaziyat deputat tomonidan qat’iy NAZORATGA OLINDI.