Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputat_sorovi ➕14-son oilaviy poliklinika bo‘yicha qurilish ishlari yuzasidan ma’lumot so‘raldi
янв.21
#96_ta_qonun 👨‍💼 Aholi bandligini ta’minlash masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
#96_ta_qonun 👨‍💼 Iqtisodiyot, tadbirkorlik va bank sohasiga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
янв.21
#96_ta_qonun 🏖 Ekologiya va atrof-muhitga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
янв.21
#96_ta_qonun 🎮 Eng muhim qonunlar deputatlar o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
⭐️ 67 nafar fuqaroning mulk huquqi rasman e’tirof etildi
янв.21
#deputat_sorovi ➕11-son oilaviy poliklinikadagi qurilish ishlari nazoratga olindi
янв.21
#deputat_sorovi ⚡️6-son oilaviy poliklinika rekonstruksiyasi nazoratga olindi
янв.21
#24_ta_masala ✅ Aholi muammolari o‘rganilmoqda – amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
#96_ta_qonun 📚 Eng muhim qonunlar deputatlar o‘rtasida taqsimlandi
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanova hamda xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Muqimovlar tuman Davlat xizmatlari markazi FHDYO organlarida aholiga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanova hamda xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Muqimovlar tuman Davlat xizmatlari markazi FHDYO organlarida aholiga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi va qulayligi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, navbatlar tashkil etilishi hamda xodimlarning aholi bilan muomalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan kutish joylari, axborot taqdim etish tizimi va elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida ayrim taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, fuqarolarga qulaylik yaratish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bu kabi o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, fuqarolar roziligini ta’minlash hamda tizimda ochiqlik va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2