Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, jumladan elektr energiyasi ta’minoti holatini o‘rganish hamda uni yaxshilash yuzasidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirishdan iborat.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Egamberdiyev tomonidan tumanning “Sayrak” va “Ovchi” mahallalarida elektr energiyasi ta’minoti holati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mavjud muammolar aniqlandi.
Mazkur masala yuzasidan deputatlik so‘rovi tuman Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i nomiga yuborildi.
Deputatlik so‘rovi asosida tuman Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida belgilangan dasturlar doirasida zamonaviy beton ustunlar o‘rnatilib, mavjud elektr tarmoqlari bosqichma-bosqich yangilanmoqda.