Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Kengash_qarori 📚 Tuman hokimligi xodimlari malakasini oshirmoqda
янв.21
#Kengash_qarori 📚 Ustoz va o‘quvchilarga e’tibor – Kengash qarorida aks etdi
янв.21
#Kengash_qarori 🌍 “ZO‘R KLASS” loyihasi – Ta’lim sifatini oshirishga yangi imkoniyat
янв.21
#Kengash_qarori 🌱 Toytuyoq suvombori atrofida yangi turizm maskani barpo etilmoqda
янв.21
#sorov_ijrosi Maktab yonidagi svetofor ta’mirlanib, qayta o‘rnatiladi
янв.21
#sorov_ijrosi Kattaqo‘rg‘on 1-tor ko‘chasining 100 metri 2026-yilda ta’mirlanadi
янв.21
#sorov_ijrosi Deputat so‘roviga amaliy javob: yo‘l ta’miri dasturga kiritilmoqda
янв.21
#sorov_ijrosi Yangiobod ko‘chasining 300 metri 2026-yilda ta’mirlanadi
янв.21
Narpay tajribasi asosida o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Narpay tajribasi asosida muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi. 

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Ergasheva tomonidan G‘ozg‘on shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bo‘lim tomonidan aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda kam ta’minlangan oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar tinglandi.

Shuningdek, hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, aholining daromad manbalarini kengaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

 Fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunar egallashga yo‘naltirish, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar ajratish orqali tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish davomida mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi "Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-209-sonli farmoni mazmun-mohiyati va ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mazkur normativ-huquqiy hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda olib borilayotgan chora-tadbirlar, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan dasturlar ham tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6