Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Kengash_qarori 📚 Tuman hokimligi xodimlari malakasini oshirmoqda
янв.21
#Kengash_qarori 📚 Ustoz va o‘quvchilarga e’tibor – Kengash qarorida aks etdi
янв.21
#Kengash_qarori 🌍 “ZO‘R KLASS” loyihasi – Ta’lim sifatini oshirishga yangi imkoniyat
янв.21
#Kengash_qarori 🌱 Toytuyoq suvombori atrofida yangi turizm maskani barpo etilmoqda
янв.21
#sorov_ijrosi Kattaqo‘rg‘on 1-tor ko‘chasining 100 metri 2026-yilda ta’mirlanadi
янв.21
#sorov_ijrosi Maktab yonidagi svetofor ta’mirlanib, qayta o‘rnatiladi
янв.21
#sorov_ijrosi Deputat so‘roviga amaliy javob: yo‘l ta’miri dasturga kiritilmoqda
янв.21
#sorov_ijrosi Yangiobod ko‘chasining 300 metri 2026-yilda ta’mirlanadi
янв.21
Narpay tajribasi asosida o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Narpay tajribasi asosida muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishini

 Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi 

Bugun Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashida Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari hamda Kengash kotibiyati xodimlari ishtirok etdi. 

Yig‘ilish kun tartibiga ikki muhim masala kiritildi. 

Birinchi masala – Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining 2026-yil uchun ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida bo‘ldi. Mazkur ish rejasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Komissiya a’zolari tomonidan ish rejasiga bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi hamda hujjat ma’qullandi. 

Ikkinchi masala – Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi deputatlarining 2026-yilning I-choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berishining reja-jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida bo‘ldi. Ta’kidlanganidek, deputatlarning saylovchilar bilan ochiq va tizimli muloqoti ularning mas’uliyatini yanada oshirish, aholi muammolarini o‘rganish va joylarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Reja-jadval asosida har bir deputat belgilangan hududlarda uchrashuvlar o‘tkazib, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot beradi. 

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Komissiya tomonidan tasdiqlangan hujjatlar Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etildi. 

Shuningdek, deputatlik faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va odob-axloq me’yorlariga qat’iy rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi. 

   

Slide 1 of 6