Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya 👥 Yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
#doimiy_komissiya 🏥 Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2026-yilgi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
#doimiy_komissiya 🎉 Yoshlar festivalini tashkil etish va faol yoshlarni rag‘batlantirish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
янв.21
#doimiy_komissiya 🏆 “DXX kubogi” va “Besh tashabbus olimpiadasi” g‘oliblarini taqdirlash uchun mablag‘ ajratish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 Hokimlik hududida mini stadion va sog‘lomlashtirish maydonchasi tashkil etish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 Hokimlik faoliyatini zarur kanselyariya vositalari bilan ta’minlash masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 Markaziy shifoxonadagi bemorlar uchun sharoitlarni yaxshilash masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
янв.21
#doimiy_komissiya 📊 Kengashga taqdim etilgan hisobot sessiyadan oldin o‘rganildi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 Fuqarolarga moddiy yordam ajratish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 Hokimlik faoliyatini yoritishga qaratilgan mediamahsulotlar uchun mablag‘ ajratish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati N. Akbarova A.Navoiy MFYda fuqarolar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etdi.

 Mazkur uchrashuvda mahalla aholisi, ayniqsa xotin-qizlar ishtirok etib, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida deputat N. Akbarova xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish, imtiyozli kredit va subsidiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha atroflicha ma’lumot berdi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan ishga joylashish, tikuvchilik va pazandachilik yo‘nalishlarida o‘quv kurslarini tashkil etish, uy sharoitida daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha murojaatlar va takliflar ilgari surildi. Har bir murojaat deputat tomonidan tinglanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar belgilandi.

Slide 1 of 5