Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
Deputatlar saylovchilarga axborot bermoqda

 Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi 2-Shodlik okrugi deputati Bakiev Abdusamad Qayumovichning 2025-yil birinchi yarim yillik yakuni bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

 O‘tgan davr mobaynida deputat Uzun tumanlaridagi mavjud "Bahoriston" hamda "Erkinlik" mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan tizimli hamkorlikda ishlar olib borilib, 4 marotaba sayyor qabul va uchrashuvlar tashkil qilingani, unda 50 dan ziyod fuqarolar ishtirok etib ulardan tushgan 25 ga yaqin murojaat hamda takliflar yuzasidan ko‘plab amaliy yordam berish choralari ko‘rilgani va belgilangan tartibda o‘z muddatida hal etib borilganligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

 A.Bakiyev aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etish doimiy e’tiborda ekanini alohida ta’kidladi. Uning qayd etishicha, saylovchilarning turli sohalardagi muammolari va takliflari muntazam ravishda qabul qilinib, har bir murojaat chuqur tahlil qilinmoqda. Murojaatlar asosan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, kommunal xizmatlar, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimiga oid muammolarni o‘z ichiga oladi.

 Deputat ushbu murojaatlar asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborib, masalalarning amaliy hal etilishi ustidan nazorat o‘rnatgan. Ko‘plab murojaatlar bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilgan, muammolar joyida o‘rganilib, tegishli chora-tadbirlar belgilangan.

 Uchrashuv yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan istiqbolli rejalar tuzib olindi. Xususan, aholining turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash ayniqsa, ekologik yo‘nalishda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1