Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
O‘zbekiston-Ozarbayjon: do‘stlik va strategik sheriklikning yangi ufqlari

O‘zbekiston-Ozarbayjon: do‘stlik va strategik sheriklikning yangi ufqlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasiga davlat tashrifi, qardosh ikki mamlakat munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi. Bu tashrif do‘stlik, o‘zaro hurmat va manfaatlarning uyg‘unligiga asoslangan strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Navoiy shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati sifatida, bu tashrifni katta e’tibor bilan kuzatdim va undan mamnun bo‘ldim. Tashrif davomida erishilgan kelishuvlar, ikki tomonlama hamkorlikni siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalarda yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Muhim jihati shundaki, tashrif davomida energetika, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu esa, ikki mamlakat iqtisodiyotlarining o‘sishiga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va aholi farovonligining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat ikki tomonlama manfaatlarga, balki mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi. Bu borada hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Ishonamanki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga qilgan tashrifi, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqadi va xalqlarimizning farovonligiga xizmat qiladi.




Узбекистан-Азербайджан: новые горизонты дружбы и стратегического партнерства

Государственный визит Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Азербайджанскую Республику открыл новую страницу в истории отношений двух братских стран. Этот визит стал важным шагом, направленным на дальнейшее укрепление стратегического партнерства, основанного на дружбе, взаимном уважении и общности интересов.

Как депутат Навоийского городского Кенгаша народных депутатов, я с большим вниманием следил за этим визитом и остался им доволен. Достигнутые в ходе визита договоренности будут способствовать дальнейшему развитию двустороннего сотрудничества в политической, экономической, культурной и гуманитарной сферах.

Важно отметить, что в ходе визита были достигнуты договоренности о реализации совместных проектов в таких областях, как энергетика, транспорт, промышленность, сельское хозяйство и туризм. Это окажет положительное влияние на рост экономик двух стран, создание новых рабочих мест и повышение благосостояния населения.

Отношения между Узбекистаном и Азербайджаном служат не только двусторонним интересам, но и обеспечению региональной безопасности и стабильности. Дальнейшее развитие сотрудничества в этой области имеет важное значение.

Я уверен, что визит Президента Шавката Мирзиёева в Азербайджан выведет отношения дружбы и стратегического партнерства между Узбекистаном и Азербайджаном на новый уровень и будет служить процветанию наших народов.

🇺🇿 Депутат Навоийского городского Кенгаша народных депутатов Файзиева Феруза Мардоновна

Slide 1 of 1