Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
Deputat munosabati

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Аliev "Zagulba" qarorgohida tor doirada uchrashuv va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʼilishini oʼtkazdilar.

Oʼzbekiston-Ozarbayjon doʼstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yoʼnalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari koʼrib chiqildi.

Prezidentimiz bu galgi davlat tashrifi va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʼilishi mamlakatlarimiz oʼrtasida diplomatik munosabatlar oʼrnatilganining 30 yilligi nishonlanayotgan yilda oʼtayotganini alohida taʼkidladi.

- Munosabatlarimiz tarixda hech qachon bugungidek yuksak darajada boʼlmagan, - dedi Oʼzbekiston yetakchisi.

Prezidentlar koʼp qirrali hamkorlik barcha darajalarda jadal rivojlanib borayotganini qayd etdilar. Kecha Xiva shahrida birinchi Parlamentlararo forum boʼlib oʼtdi. Bokuda Hukumatlararo komissiya yigʼilishi va Hududlar forumi samarali oʼtdi. Yaqinda Аndijonda ilk bor rektorlar forumi tashkil etilib, 60 dan ortiq shartnoma imzolandi. Ozarbayjonning "Shirvon" ansambli Xiva baxshichilik festivali gran-prisini qoʼlga kiritdi.

Iqtisodiy kooperatsiya yilida tovar ayirboshlash hajmi 25 foizga oshdi. Loyihalar portfeli 4 milliard dollarga yetgan. 300 ga yaqin qoʼshma korxona faoliyat koʼrsatmoqda.

Tashrif davomida Boku shahrida "Oʼzbekiston" bogʼi qurilishiga start beriladi va mamlakatimizning Ozarbayjondagi elchixonasi yangi binosi ochiladi.

Parlamentlar, hukumatlar, vazirliklar va hududlar darajasidagi amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. Xalqaro tuzilmalar doirasida oʼzaro qoʼllab-quvvatlash muhimligi taʼkidlandi.

Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmini yiliga 1 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari atroflicha koʼrib chiqildi. Sanoat, infratuzilma, qishloq xoʼjaligi, sogʼliqni saqlash, turizm, bank va boshqa sohalardagi loyihalarni oʼz ichiga olgan alohida Kooperatsiya dasturi qabul qilinayotgani taʼkidlandi.

Qoʼshma investitsiya kompaniyasi faoliyatini kengaytirish muhimligi qayd etildi. Tadbirkorlar kengashi hamda Sanoat va iqtisodiy zonalar forumi kabi hamkorlikning yangi formatlari qoʼllab-quvvatlandi.

Transport-kommunikatsiya sohasidagi sheriklikka alohida eʼtibor qaratildi. Oʼrta yoʼlakni rivojlantirishda ishtirok etish loyihalari muhokama qilindi.

Ushbu yoʼlak orqali tashilayotgan Oʼzbekiston yuklari hajmi 25 foizga - 1 million tonnadan ziyodga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bundan tashqari, joriy yil mart oyidan boshlab yuk tashishda elektron ruxsatnomalarga oʼtish taʼminlandi.

Shuningdek, Yevropaga elektr energiyasini eksport qilish boʼyicha qoʼshma loyihani tayyorlashni jadallashtirishga kelishib olindi.

Diplomatik munosabatlar yubileyini munosib nishonlash maqsadida tomonlar joriy yilning kuzida qator qoʼshma madaniy va yoshlar tadbirlarini oʼtkazishga kelishib oldilar.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Majlisda Hukumatlararo komissiya hamraislari, transport, energetika va madaniyat vazirlarining muzokaralar kun tartibi yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Yigʼilish yakunlari boʼyicha "yoʼl xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.

Moʼminov Аkrom Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashi deputati

 

Slide 1 of 1