Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
“Ona tabiatni asrash – barchamizning burchimiz!”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-184-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi ” doirasida yurtimizda ekologik tarbiyani erta yoshdan boshlab shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni shu ezgu maqsad yo‘lida Zomin tumanida muhim tadbir o‘tkazildi.

“Yoshlar bizning kelagimiz ” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda Zomin milliy tabiat bog‘i, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Zomin tuman kengashi,  Yulduzcha bolalar oromgohi tarbiyachilari va yoshlar faollar ishtirokida tadbir o'tkazildi.

Tadbirda  atrof-muhitni muhofaza qilish, suv resurslarini tejash, daraxt va o‘simliklarni asrash hamda ekologik madaniyatni shakllantirish mavzularida tushunnchalar berilib o'tilib.

Bu kabi tashabbuslar nafaqat yosh avlodda ekologik madaniyatni oshiradi, balki ularning tabiatga nisbatan mehr-muhabbat hissini mustahkamlaydi. Ayniqsa, bolalar oromgohida o'tkazilishi  ekologik tadbirlar bolalarning ongiga “Biz tabiatning bir bo‘lagimiz” degan yuksak tushunchani singdiradi.

Ekologik madaniyatning bolalardanoq shakllanishi esa kelajakda yanada barqaror va yashil taraqqiyot sari muhim qadam bo‘lib xizmat  qiladi.

Y.Safarov
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati

Slide 1 of 10