Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
Munosabat

Munosabat

2025-yil 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning natijadorligini chuqur tahlil qilish, joylardagi holatni tanqidiy baholash, eng muhimi, xalqni qiynayotgan masalalarga zudlik bilan yechim topish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi sifatida ushbu yig‘ilishda ilgari surilgan fikr va topshiriqlardan kelib chiqib aytish joizki, islohotlarning samarasini pasaytirayotgan eng jiddiy to‘siqlardan biri — mahalliy darajadagi sust boshqaruv, byurokratiya va ayrim hollarda korrupsion holatlardir.

Prezidentimiz har bir rahbar, har bir deputat va mas’ul shaxsni xalq oldidagi javobgarligini his qilgan holda ishlashga chaqirar ekan, bu biz uchun ayni damda ogohlik, poklik va mas’uliyat bilan faoliyat yuritish zarurligini anglatadi. Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat jazolovchi mexanizm, balki tizimdagi ochiqlik, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash orqali amalga oshirilmoqda.

viloyat, tuman va shaharlar misolida aytadigan bo‘lsak, aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy muammolarga joyida yechim topish, shaffof va halol boshqaruvni joriy etish — bizning eng ustuvor vazifalarimizdir. Har qanday sohadagi muammolarning ildizi ko‘pincha befarqlik, nazoratning sustligi va korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sababli, ushbu yo‘nalishda qat’iy nazorat, jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish, har bir qarorni ochiq va asosli qilish orqali haqiqiy natijalarga erishishimiz mumkin.

Deputat sifatida men Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarning Nurafshon shahrida to‘liq va sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir fuqaroga tayanch bo‘lishni o‘z oldimga ustuvor maqsad qilib qo‘yganman.    

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati Isroilov Gʻulomjon Muxsum o‘g‘li

Slide 1 of 1