Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Tashrif davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, soliqchi hamda ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha mas’ul xodimdan iborat mahalla yettiligi a’zolari bilan muloqot qilindi. Ularning kundalik faoliyati, duch kelayotgan muammolari, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning holati atroflicha muhokama qilindi.Uchrashuv davomida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati hamda ularning joylardagi ijrosi bo‘yicha fikr almashildi. Mahalla faollari o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha aniq takliflar berildi. Deputat tomonidan bildirilgan muammolar va takliflar tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, ularning bartaraf etilishi qat’iy nazoratga olindi.Mazkur uchrashuv mahallalarda joylardagi ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda “Mahalla – islohotlar tayanchi” tamoyilining amaldagi ifodasi sifatida xizmat qildi. Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Muborak Naimova o‘zining saylov okrugiga kiruvchi Quruvchi mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati va mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda uchrashuv o‘tkazdi.

Tashrif davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, soliqchi hamda ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha mas’ul xodimdan iborat mahalla yettiligi a’zolari bilan muloqot qilindi. Ularning kundalik faoliyati, duch kelayotgan muammolari, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning holati atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati hamda ularning joylardagi ijrosi bo‘yicha fikr almashildi. Mahalla faollari o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha aniq takliflar berildi. Deputat tomonidan bildirilgan muammolar va takliflar tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, ularning bartaraf etilishi qat’iy nazoratga olindi.

Mazkur uchrashuv mahallalarda joylardagi ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda “Mahalla – islohotlar tayanchi” tamoyilining amaldagi ifodasi sifatida xizmat qildi. 

Slide 1 of 1