Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
MUNOSABAT.

MUNOSABAT.

2025-yil 16-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan

masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari hamda mazmun-mohiyati 

Ushbu videoselektor yig‘ilishida Davlatimiz rahbari tomonidan quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni alohida ta’kdlab o‘tdilar. 

1.O‘tgan besh oyda mamlakatimizda sanoat 6,4 foizga o‘sdi, eksport 18 foizga, xorijiy investisiyalar 46 foizga oshdi. Qiymati 3 milliard dollarlik 2,5 mingdan ziyod yangi quvvatlar ishga tushdi, 2 million 400 ming odam daromadli bo‘ldi.

2. Har bir hokim hududidagi, vazirlar esatarmog‘idagi imkoniyat va xavflarni oldindan ko‘ra bilib, proaktiv, ya’ni topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart. 

Eng muhimi, aholi va biznes bilan muloqotni yanada kuchaytirib, ular so‘rayotgan masalalarni tez-tez hal qilib berish bu rahbarlarning asosiy vazifasi bo‘lishi zarur. 

3. Ikki oy oldin Energiya samaradorlik agentligi tashkil qilinib, byudjetdan 100 milliard so‘m berildi. Energetika vazirligi va agentlikka vazirlik, hokimlik va davlat korxonalarining oylik iste’moli 500 kilovatt soatdan yuqori bo‘lgan xodimlari ro‘yxatini shakllantiradi. Ushbu xodimlarga energiya samarador texnologiyalarga o‘tish uchun “yashil ta’mir” krediti yoki subsidiya olishga ko‘maklashiladi. Kerak bo‘lsa, byudjetdan tashqari jamg‘armasidan ssuda berilishi mumkin. 

Buning hisobidan yil yakunigacha iste’moli yuqori bo‘lgan kamida 100 ming xonadon energiya samarador tizimga o‘tishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. 

4. Go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi keskin oshmasligi, korxonalar “soya”dan chiqib ishlashi uchun QQSning yarmini keshbek qilib qaytarish tartibi o‘tgan hafta tasdiqlangan edi. Mutasaddilar keshbekni bir kunga bo‘lsa ham kechiktirmaslik zarurligi haqida ogohlantirildi va h.k...

 Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatning rivojlanishi, uni ravnaq topishi uchun hamma birdek mas’ul ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilmoqda.  

Shunday ekan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari, ularni o‘z vaqtida sifatli bajarilishi ustidan “deputatlik nazorati”ni

o‘rnatish, ushbu qilinayotgan islohotlarni aholiga tushuntirish ishlari deputatlar oldida turgan eng katta vazifalardan biri ekanligi barchaga sir emas. Ushbu ijtimoiy -iqtisodiy o‘sish jarayonlarida xalq deputatlari Jizzax viloyati, tuman, shahar Kengashi deputatlari ham o‘z faolligini ko‘rsatib, barcha islohotlarga befarq emasligini isbotlashmoqda.

 

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati Shuxrat Isoqov