Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
O‘zbekiston – o‘zgarishlar ostonasida

    2025 yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Vengriyaga rasmiy tashrif buyurdi. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan amalga oshirilgan ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qildi.Prezident Shavkat Mirziyoev 19 may kuni Budapesht shahriga keldi. Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston yetakchisini Vengriya Bosh vaziri Administratsiyasi rahbari Gergey Guyyash va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrif doirasida Prezident Shavkat Mirziyoev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan tor doirada muzokara o‘tkazdi. Suhbatda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi .

     Tashrif davomida Vengriyaning yirik kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘zbekistondagi moliya bozoriga investitsiya kiritgan “OTP Bank” kompaniyasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirildi. Shuningdek, Toshkent viloyatida Yevropa kompaniyalari uchun maxsus sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi .Tashrif doirasida ta’lim va madaniy sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslar muhokama qilindi. Vengriyaning yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar O‘zbekistonni xalqaro biznes va sarmoyadorlar uchun ochiq va jozibali bozorga aylantirdi. Davlat boshqaruvida raqamlashtirish, litsenziya va ruxsatnomalar tizimini soddalashtirish, sud-huquq tizimini isloh qilish – barchasi biznes muhitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekistonning dunyo sahnasidagi faolligi va zafarli qadamlari – muvaffaqiyatli islohotlar, xalq bilan ochiq muloqot va tashqi siyosatdagi ishonchli yondashuv natijasidir. Bu jarayonlar nafaqat mamlakatning tashqi imidjini mustahkamlamoqda, balki jamiyatning ichida ham ishonch va faxr tuyg‘ularini kuchaytirmoqda.

Davlat rahbarining so‘zlari bilan aytganda, “Bugungi O‘zbekiston – kechagidan farqli, ertangisi esa bugungi kunimizdan ham farovon bo‘ladi”.  Shu yo‘ldagi zafarli qadamlar mamlakatimiz tarixida munosib iz qoldirishi muqarrar.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Prezident Shavkat Mirziyoevning Vengriyaga rasmiy safari nafaqat mahalliy, balki xalqaro siyosiy doiralarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Tahlilchilar bu tashrifni O‘zbekiston tashqi siyosatining muvaffaqiyatli namunasi, deb baholamoqda.

Mazkur rasmiy tashrif ikki xalqning o‘zaro ishonch va manfaatlarga asoslangan mustahkam do‘stlik sari tashlagan dadil qadami bo‘ldi. Bu qadam o‘zbek va venger xalqlari o‘rtasidagi do‘stona rishtalarni ham yanada mustahkamlaydi.

 

 Ortiq SHEROV
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi
Jondor tumani kengashi deputati,
 Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik
masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi