Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
«Yoshlar salomatligi – partiya e’tiborida»

 «Yoshlar
salomatligi – partiya e’tiborida»
 

🔷 O‘zbekiston “Adolat” SDPning 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasida partiyaning
“Yoshlar salomatligi – partiya e’tiborida” loyihasi doirasida jamoatchilik tartibida
Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon
Dadajonova, Shuxratjon Raximov, “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek
Karimovlar bilan birgalikda Farg‘ona tumanidagi ta’lim dargohlaridagi bolalar o‘rtasida kuzatilayotgan “Yassioyoqlik”
va “Skolioz” kasalliklarini o‘rganish maqsadida o‘rganish olib bormoqda.
 

🔷 O‘rganish davomida Mehnatobod MFY hududdagi 112-sonli oilaviy nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkiloti
tarbiyalanuvchilari orasida yassitovonlik
va skolioz kasalligi hamda MTTda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishilib, mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida 43 nafar bolajonlar
tarbiyalanatganliklari va bir oy avval bolajonlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ulardan
2 nafarida ortopedik kasallik aniqlanib, hozirda ular kerakli tibbiy muolajalarni
olayotganliklari aniqlandi.
 

🔷 Bolani o‘z vaqtida ortoped tekshiruviga olib borib turish
kerak. Yo‘qsa, tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlar o‘z vaqtida aniqlanmasligi tufayli
bo‘g‘imlar noto‘g‘ri shakllanib, keyinchalik jiddiy kasalliklar yuzaga kelishi xavfi
yuqori.
Shunday ekan, ota-onalarimizda kelajagimiz bo‘lmish bolalar salomatligiga
bee’tibor bo‘lmaslikka, vaqtida bolajonlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turishga
chaqiramiz.
Zero, kasallikni davolashdan ko‘ra, uni oldini olish muhimdir. 

   

Slide 1 of 3