Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
Vazifalar fidoyilikni talab qiladi

 Kuni kecha Prezidentimiz raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mamlakatimizdagi davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish, fuqarolar manfaatlariga xizmat qiluvchi mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqish va yangi ish uslublarini joriy etish borasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. 

Yig‘ilishning asosiy xulosalaridan biri shundaki, hozirgi kunning eng katta to‘siqlaridan biri — mahalliy darajadagi byurokratik
to‘siqlar, infratuzilma yetishmovchiligi va idoralar o‘rtasidagi muvofiqlikning yetarli emasligidir. Qumqo‘rg‘on tumanidagi temir yo‘l shlagbaumi misolida ko‘tarilgan masala, “Termiz–Sariosiyo” temir yo‘lining elektrlashtirilmagani kabi muammolar nafaqat hududiy rivojlanish, balki fuqarolar turmush tarziga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda dedi davlatimiz rahbari. 

Bunday holatlar mas’ul tashkilotlardan faqat rejalar emas, amaliy natijalarni, o‘z vaqtida bajarilgan vazifalarni talab qilayotganini ko‘rsatadi. Gaz ta’minotidagi uzilishlar, elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi muammolar esa davlat rahbari tomonidan alohida e’tiborga olindi va bu sohada tezkor choralar ko‘rish talab etildi. 

Prezidentimiz fuqarolar murojaatlariga to‘g‘ri va tezkor javob berish kerakligini bir necha bor ta’kidladi. Ayniqsa, xalqning
muammolarini eshitish va ularga yechim topish — har bir rahbarning doimiy burchi ekanligi eslatib o‘tildi. 

Tizimlardagi muammo va kamchiliklar ko‘rsatilishi bilan birga, ularning yechimi bo‘yicha ham aniq chora-tadbirlar belgilab
berildi. Xususan, topshiriqlar jumlasida birinchi o‘rinda davlat idoralarining hisobdorligi va ochiqligi bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etdi. Masalan, miqyosi katta bo‘lgan loyihalar va davlat xaridlarida shaffoflikni ta’minlash, axborotning ommaviyligi va jamoatchilik nazoratini joriy etish zarurligi qayd etildi. 

Yana bir muhim vazifa — jamoatchilik bilan faol muloqotni tashkil etishdir. Prezidentimiz jamoatchilik fikrini tinglash, mahalliy aholi muammolari va takliflarini qabul qilish uchun yangi platformalar va mexanizmlar yaratish vazifasini qo‘ydi. Bu esa davlat idoralari va fuqarolar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Endilikda Xalq qabulxonalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri viloyat va tuman hokimlari rahbarlik qiladi. Har bir hokim kunlik ish faoliyatini ana shu joyda — xalq bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini eshitishdan boshlaydi. 

“Hokimlar yaxshi anglab olishlari lozim — bugun yuzaga chiqqan muammo ertaga qoldirilmaydi. Hech qanday murojaat boshqa idoraga yo‘naltirilmasdan, shu yerning o‘zida hal etiladi”, dedi davlatimiz rahbari. 

Shunga ko‘ra, saylovchilarimiz bilan muloqotda bo‘lib, ularning muammolari va takliflarini aniqlab, davlat idoralariga samarali
yechimlar taklif qilishimiz kerak. 

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilish va unda berilgan yangi topshiriqlar ijrosini ta’minlash orqali mamlakatimizda ochiqlik,
innovatsiya va demokratik boshqaruv prinsiplari yanada mustahkamlanadi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. 

Shu nuqtayi nazardan, har bir rahbar, jumladan, biz, deputatlar ham belgilab berilgan zalvorli vazifalar ijrosini ta’minlashda
yanada faol va tashabbuskor bo‘lishimiz kerak. Zotan, ushbu jarayonda mas’uliyatimizni his etib, har bir topshiriq ijrosi ustidan nazorat o‘rnatib, xalq manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish barchamizning asosiy vazifamizdir. 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Goibnazarov