Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
Munosabat

Ta’lim – bu kelajak! 

Joriy yilning 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish biz, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlari uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu yig‘ilishda bildirilgan fikrlar va belgilab berilgan ustuvor vazifalar mamlakatimizning ertangi kuni, kelajagimiz poydevori bo‘lgan yosh avlod kamoloti yo‘lida tarixiy ahamiyatga molik qadamdir.

Davlatimiz rahbarining ta’lim tizimiga bo‘lgan yuksak e’tibori va uni tubdan isloh qilish borasidagi qat’iy siyosati tahsinga loyiq. Zero, har bir millatning taraqqiyoti, uning intellektual salohiyati, ilm-fan va innovatsiyalarga bo‘lgan intilishi bilan belgilanadi. Maktab esa ana shu salohiyatni shakllantiradigan, har bir bolaning iqtidorini yuzaga chiqaradigan muhim maskandir.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, ta’lim tizimidagi islohotlar faqatgina binolarni qurish, jihozlarni yangilash bilan cheklanib qolmasligi kerak. Eng muhimi, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, ularning ijtimoiy maqomini yuksaltirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Biz, O‘zLiDeP deputatlari, bu borada qonunchilik bazasini takomillashtirish, o‘qituvchilarning mehnatini rag‘batlantirish va ularning jamiyatdagi obro‘sini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni doimiy qo‘llab-quvvatlaymiz.

Prezidentimizning “inson kapitali”ga investitsiya kiritish zarurligi haqidagi so‘zlari biz uchun dasturilamal bo‘lishi kerak. Ta’limga yo‘naltirilgan har bir so‘m sarmoya kelajakka qo‘yilgan eng samarali investitsiyadir. Biz maktablardagi ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning kasbga yo‘naltirilishini kuchaytirish, ularni bozor talablariga mos bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirishda faol ishtirok etishimiz zarur. Xususan, partiyamizning Saylovoldi dasturida belgilab berilgan asosiy maqsadlardan kelib chiqib, tadbirkorlik ko‘nikmalarini maktab partasidan boshlab shakllantirish, o‘quvchilarda biznes yuritishga qiziqishni uyg‘otish, ularga ilk tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, yig‘ilishda ko‘tarilgan maktab direktorlarining mas’uliyatini oshirish, ularni menejer sifatida tayyorlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari ham dolzarbdir. Biz deputatlar saylov okruglarimiz hududidagi maktablarda ta’lim sifatining ahvolini o‘rganish, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha doimiy ravishda jamoatchilik tinglovlarini o‘tkazishimiz lozim. Zero, ota-onalar va jamoatchilikni ta’lim jarayoniga keng jalb qilish, ularning fikr va takliflarini inobatga olish ta’lim tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilish maktab ta’limi tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim imkoniyatlarni yaratgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Biz, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlari, davlatimiz rahbarining ta’lim sohasidagi tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz va ularni amalga oshirish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishga tayyormiz. Zero, ta’lim – bu kelajak!

Madhiya Nishanova, 

Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat

Slide 1 of 1