Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Ziyodbek Yunusov Farg‘ona tumanida o‘rganishlar olib bordi.

 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
deputati, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi
Ziyodbek Yunusov
Farg‘ona tumanida o‘rganishlar olib bordi. 

🔷 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ziyodbek Yunusov,
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon
Raximov, Axrorbek Erkaboev, “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek
Karimovlar bilan birgalikda Farg‘ona tumanining Oqbilol mahalla fuqarolar yig‘ini
hududida o‘rganish olib bordi.
 

🔷 O‘rganish davomida hududdagi 28-sonli davlat MTTning 240 nafar tarbiyalanuvchilari orasida
yassitovonlik va skolioz kasalligi hamda MTTda yaratilgan shart-sharoitlar bilan
tanishilib, tarbiyalanish navbatini kutib turgan 240 nafardan ziyod bolajon borligi,
ushbu maskanning o‘zida navbat kutib turgan bolajonlar uchun qo‘shimcha binolar
borligi, lekin ta’mirtalabligi sababli foydalanish imkoniyati yo‘qligi aniqlandi.
 

🔷 Shu bilan birgalikda hududda Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashining “Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab
olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish
to‘g‘risida” qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik
nazorati o‘rnatildi.
 

 🔷 Ushbu o‘rganishlar mobaynida tadbirkorlar bilan suhbat
o‘tkazilib, yosh tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishib, hozirda tadbirkor
10 nafar fuqarolarni doimiy ish bilan band qilgani, lekin bu bilan to‘xtab qolmay,
ishlab chiqarishni rivojlantirish va yana kamida 20-30 nafar fuqarolarni ish bilan
ta’minlash niyati borligi, ammo tadbirkorlik ob’ektiga to‘g‘ri keladigan joy bo‘yicha
muammosi borligini bildirdi.
 

🔷 O‘rganishlar jarayonida aniqlangan muammolar, bildirilgan
fikrlar bo‘yicha “Deputatlik so‘rov”lari chiqarilishiga va deputatlik nazorati o‘rnatilishga
kelishib olindi.
  

Slide 1 of 5