Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
#Munosabat

📢 Mahalliy sanoat taraqqiyoti – yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda

2025-yil 26-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar keng muhokama qilindi.

 Yig‘ilishda, tashqi bozordagi tebranishlar sharoitida 1 millionga yaqin aholi mehnat qilayotgan to‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlik tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotimizning yana bir “drayveri” bo‘lishi kutilayotgan zargarlik sanoatini rivojlantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

 Endilikda zargarlarga ham yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tilla buyumlar savdosi bilan qonuniy shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Bu sohani "soya"dan chiqarish maqsadida mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlar rastalarini zamonaviy ko‘rinishga keltirib, ularning faoliyatini huquqiy asosga tushirish vazifasi topshirildi.

📦✈️ Shuningdek:

✅ Zarur uskuna va butlovchi qismlar importi bojxona boji va QQSdan ozod qilinadi;

✅ Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlaridan oltinni bo‘lib to‘lash asosida xarid qilish tartibi yana 3 yilga uzaytiriladi;

✅ Dunyoning nufuzli brendlari bilan hamkorlik o‘rnatilib, ularning dizayni va qoliplarini olib kelish xarajatining 30 ming dollargacha qismi qoplab beriladi;

✅ Milliy zargarlik brendini yaratish uchun xorijdan dizayner, texnolog va gemmologlar jalb qilinadi, ularning xarajatlari ham qisman qoplab beriladi. 

 Yig‘ilishda yengil sanoatga oid boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Bugungi kunda tayyor kiyim-kechak, charm-attorlik mahsulotlari va poyabzal ishlab chiqaradigan 4 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Ammo milliy mahsulotlarni aholiga keng tanitish va ularga tanlov imkonini beradigan savdo markazlari yetishmaydi.

🏬 Shu bois, faqat milliy mahsulotlar sotiladigan “Mall of Uzbekistan” yirik savdo markazlari tashkil etiladi. Bu yerda joylashadigan do‘konlar tadbirkorlarga minimal narxlarda ijaraga taklif etiladi.

📉 Yana bir muhim yangilik – ishchilarining 15 foizi ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan to‘qimachilik va charm-poyabzal korxonalariga foyda solig‘i 2%, ijtimoiy soliq esa 1% etib belgilangandi. Endilikda ushbu imtiyoz uchun talab yanada yengillashtirilmoqda: ehtiyojmand xodimlar ulushi 7,5 foizga tushiriladi. Bundan buyon nogironligi bor fuqarolar ham ushbu me’yorga qo‘shib hisoblanadi.

📣 Yuqoridagilardan kelib chiqib, xalqimiz farovonligi va mahalliy sanoat ravnaqi uchun belgilangan ushbu keng ko‘lamli chora-tadbirlar bo‘yicha aholini xabardor qilish, ularni imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishga undash – barchamizning vazifamizdir.
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati 

Egamberdiyeva Xolida Rahimberdiyevna

Slide 1 of 1