Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
Qurilish sohasidagi davlat xizmatlari “Shaffof qurilish” platformasi tadbirkorlarga ko‘makdosh.

“Shaffof qurilish” bu qurilish sohasida korrupsiyani oldini olish, jarayonlarni raqamlashtirish va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan milliy axborot tizimimizdir.

Tizimning asosiy maqsadlari:

Korrupsiyani oldini olish ya’ni: qurilish jarayonlarining barcha bosqichlarini raqamlashtirish orqali korrupsion holatlarning oldini olish.

Jarayonlarni shaffof qilish bu: Har bir bosqichni onlayn kuzatish imkoniyati yaratish orqali jarayonlarni shaffof qilish.

Sifat nazoratini kuchaytirish: qurilish ishlari sifati nazoratini avtomatlashtirish va real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini yaratish.

Davlat xizmatlarini soddalashtirish: qurilish sohasidagi davlat xizmatlarini yagona platforma orqali taqdim etish.

Bu modul orqali bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish, ularning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish kabi davlat xizmatlari amalga oshiriladi.

Bu tadbirkorlarda ortiqcha vaqt sarfi byurokratik to‘siqlarga duch kelish xolatlarini oldini olibgina qolmay faoliyatini yanada kengaytirishga zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati

K.Tekenov