Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
BUGUNGI SIFATLI FAN, TA’LIM-ERTANGI KELAJAK

Rivojlangan mamlakatlarning taraqqiyot yo‘liga nazar tashlasak, ularning aksari ilm-fan rivoji va iqtidorli yoshlari bilan shu darajaga yetganiga guvoh bo‘lamiz. Zero, buyuklar aytganidek, bugun katta moddiy boyliklarga ega o‘lkalar emas, iqtidorli va salohiyatli yoshlari bor davlatlargina chinakam farovonlikka erishmoqda.

Xususan, O‘zbekiston rivojlanishining yangi bosqichida barcha soxalarda islohotlar amalga oshirib kelinyapti. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati shakllanmoqda. Globallashuv jarayoni har bir davlatning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqishni va ro‘yobga chiqarishni talab qiladi.

“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda.

Yangi O‘zbekistonimizda ilm-fanga e’tibor yuqori cho‘qqiga chiqqan hozirgi davrda zamonaviy hayotni sifatli ta’limsiz va ilm-ma’rifat taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 

Ta’limning sifatini oshirish uchun, avvalambor, bu sohadagi muammolarni o‘rganish zarur. Ushbu muammolarni bartaraf etish esa ularni aniqlash va borligini tan olishdan boshlanadi. Hadisda aytilganidek: “Bilimlarga intilish har bir muslim va muslima uchun vojib” ekan, ilmga intilgan har bir insonga sifatli ta’lim berish ham juda-juda zarurdir.  

Ta’lim sifatini oshirish, fan va texnologiyaning eng so‘ngi yutuqlarini amaliyotga joriy etish asosida ijodiy tafakkurli, kasb-xunarli, tadbirli va mustaqil fikr yurita oladigan, tashabbuskor va tadbirkor, o‘z javobgarligini his etadigan yoshlarni tayyorlash kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Bu o‘z navbatida ta’lim jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni taqozo etadi. Ularni qo‘llash, avvalo, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirishni talab etadi. Zero, uni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday texnologiya kutilgan natijani bermaydi.  

Bugungi kunda o‘qitishning an’anaviy ko‘rinishidan farq qiladigan zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, o‘qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkoniyat yaratadi. Shu bois ham ilmiy-texnika taraqqiyotining jadal sur’atlarda rivojlanayotgan hozirgi davrda o‘qitishning an’anaviy texnologiyalari ta’lim oluvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ilg‘or texnologiyalar bilan almashtirilmoqda.  

Ta’lim sifatini oshirish hukumatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanishi soha mutaxassislari, mutasaddilari zimmasiga yuksak vazifalarni yuklamoqda. O‘qituvchi nafaqat o‘z fanini mukammal bilishi va chuqur bilimlarga ega bo‘lishi, balki ta’lim oluvchining hayotiy ehtiyojlarini tushunishi, barcha sohada namuna bo‘lishi, najot nafaqat o‘qitishda, balki yuksak sifatli ta’limda ekanligini chuqur anglamog‘i lozim.

Olim Baqoyev

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi 

Slide 1 of 1