Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
янв.21
Batosh va Mo'minobod mahalla oqsoqollari va hoji otalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
янв.21
2025 йил 25 июндаги ПФ-98-сон Президент Фармони: Маҳаллий давлат ҳокимиятини рақамлаштириш сари муҳим қадам
янв.21
2025 yil 25 iyundagi PF-98-sonli Prezident farmonidan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
янв.21
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi
янв.21
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini yakunladi
янв.21
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
янв.21
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda
янв.21
Toshkent investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
Sanoat va ta’lim sohalaridagi islohotlar farovon hayot kafolati

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sanoat va ta’lim sohalaridagi o‘zgarishlar yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishiga poydevor bo‘lmoqda.

Sanoat sohasidagi islohotlar

Sanoat – har qanday mamlakat iqtisodiy mustaqilligi va taraqqiyotining asosiy tarkibiy qismi. Prezidentimiz tomonidan sanoat sohasini diversifikatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni lokallashtirish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yangi industrial zonalar, kichik sanoat markazlari, texnoparklar tashkil etilishi hududlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Eng muhimi, mazkur islohotlar orqali minglab yangi ish o‘rinlari yaratilayotgani va aholining daromadlari ortib borayotgani – bu bevosita xalq farovonligi uchun qilinmoqda.

Ta’lim sohasidagi islohotlar

Bugungi kunda ta’lim sohasi mamlakatning strategik ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Prezidentimiz tomonidan "Yangi O‘zbekiston – yangi ta’lim" g‘oyasi asosida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha bir qator muhim choralar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’limdan tortib, oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda sifatli, zamonaviy, raqamlashtirilgan ta’lim tizimi shakllantirilmoqda.

Maktablarda yangi darsliklar, interaktiv metodlar, STEAM ta’limi, elektron kundaliklar va zamonaviy infratuzilmalar joriy etilyapti. Oliy ta’lim muassasalariga kirishda ochiqlik, shaffoflik ta’minlanayotgani, xorijiy universitetlar filiallarining ochilishi, talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar ta’limga bo‘lgan ishonchni yanada oshirmoqda.

Munosabat

Prezidentimiz olib borayotgan bu islohotlar har bir sohada yangilanish, taraqqiyot va islohotlar davrini boshlab berdi. Sanoat va ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar bir-biriga chambarchas bog‘liq: sanoat rivojlanishi uchun malakali mutaxassis kerak, ta’lim esa ana shu kadrlarni yetishtiruvchi asosiy maskandir.

Shuning uchun ham bu ikki sohadagi islohotlarga ijobiy munosabat bildiramiz va ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Yurt ravnaqi, xalq farovonligi va kelajak avlodning baxtli hayoti uchun bunday islohotlar davomli bo‘lishi shart. Biz barchamiz birgalikda Prezidentimizning islohotlarini amalga oshirishda faol ishtirok etishimiz zarur.

Azamat Usmonov

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati