Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining yigirma to'rtinchi sessiyas
янв.21
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
“MADAD” NNT VA XALQ DEPUTATLARI GURLAN TUMANI KENGASHI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI.
янв.21
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi.
янв.21
FUQAROLARGA HUQUQIY MASLAHATLAR BERILDI
🚌 Jamoat transporti masalalari aholi bilan ochiq muloqotda muhokama qilindi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B. Yo‘lchiyev, Kengash kotibiyati mudiri Q. Bobojonov, tuman hokimining o‘rinbosari A. Turabov hamda Toshkent viloyati Transport boshqarmasi mas’ul xodimlari “Mustaqillik” mahallasida bo‘lib, aholi bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida hududda jamoat transportining muntazam harakatlanishini ta’minlash, yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish, aholiga qulay va xavfsiz transport xizmatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

🚍 Qulay va uzluksiz transport xizmati — aholi farovonligi va hudud rivojining muhim omillaridan biridir. Bu boradagi ishlar fuqarolar manfaatlarini inobatga olgan holda davom ettiriladi.

Slide 1 of 4