Farg‘ona tuman Kengashining 19-sessiyasida
muhim masalalar ko‘rib chiqildi
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi
19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Kengash raisi B. Axmadjonov raislik qildi.
Unda deputatlar, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda OAV vakillari
ishtirok etdilar.
🔹 Sessiyada tuman mahalliy byudjetining erkin qoldiq mablag‘laridan
samarali foydalanish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari ijrosini
ta’minlash, avval qabul qilingan qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish,
hududlarni obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi doirasida
amalga oshirilgan ishlar, shuningdek “Korrupsiyadan xoli soha (hudud)”ni shakllantirish
borasidagi vazifalar hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash masalalari
ko‘rib chiqildi.
🔹 Muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosi
qat’iy nazoratga olindi.
Telegram
| Facebook | YouTube