Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining yigirma to'rtinchi sessiyas
янв.21
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
“MADAD” NNT VA XALQ DEPUTATLARI GURLAN TUMANI KENGASHI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI.
янв.21
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi.
янв.21
FUQAROLARGA HUQUQIY MASLAHATLAR BERILDI
янв.21
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining yigirma birinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi hamda Gurlan tuman Huquqiy maslahat byurosi (“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik.
Deputat faoliyatidan

 #deputat 

#deputat_hududda 

Deputat ta’lim maskanidagi sharoitlarni
yaxshilash yo‘lida kamarbasta bo‘lmoqda
 

 So‘nggi paytlarda xalq vakillari o‘z
saylov okruglaridagi maktab, bog‘cha va boshqa ijtimoiy ob’ektlar faoliyatini yaqindan
o‘rganib, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy qadamlar tashlashmoqda.
 

🔍 Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi deputati Noila
Qo‘chqorova ham o‘zi saylangan hudud – "Chuvildoq" MFYda joylashgan
4-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim maskanining kuz-qish mavsumiga
tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi. Xalq vakilining ushbu tashrifi maktabdagi
o‘quv-tarbiya jarayoni uchun qulay sharoitlarni yaratish borasidagi dolzarb muammolarni
aniqlashga qaratildi.
 

🔍O‘rganishlar asnosida ta’lim muassasasining sport zali
pol qismi batamom chirib ketgani tufayli butunlay nosoz holga kelib qolgani, o‘quvchilar
jismoniy tarbiya darslarida sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlarida zax tortgan
zalda yetarli sharoitlar mavjud emasligi oydinlashdi.
 

🔍Shuningdek, maktabning isitish tizimida 4 ta qozon mavjud
bo‘lsa-da, ularda sirkulyatsion nasoslar yo‘qligi aniqlandi. Bu esa qish mavsumida
ta’lim maskanini sifatli isitishda qator muammolarni keltirib chiqarishi tayin.
 

Deputat Noila
Qo‘chqorova: "O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, jismoniy va ma’naviy rivojlanishi
uchun barcha sharoitlar yaratilishi shart. Ayniqsa, qish mavsumi yaqinlashayotgan
bir paytda uni betalofot o‘tkazish uchun isitish tizimidagi kamchiliklarni zudlik
bilan bartaraf etish kerak. Zero, bolalarimizning har tomonlama sog‘lom bo‘lib voyaga
yetishlarida barchamiz birdek mas’ulmiz!"
 

🔍Xalq vakili aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf
etib, o‘qituvchi va o‘quvchilarga birdek sharoitlar yaratib berilishini ta’minlash
maqsadida darhol amaliy choralar izlashni boshladi.
 

🔍Xususan, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga
aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli deputatlik so‘rovlari kiritildi. Maktabning
isitish tizimidagi dolzarb muammolarni bartaraf etish va sozlash masalasida amaliy
yordam olish maqsadida, tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan shtabga ham tegishli
ma’lumotlar yetkazildi.
  

Slide 1 of 2