Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olibbordi
янв.21
Saylovchilar murojaati o‘rganildi
янв.21
Deputatga ko'mak berildi
янв.21
Депутат сайловчиларнинг мурожаатини ўрганди.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Fuqarolarning mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат халқ номидан маҳалла еттилиги ходимлари хисоботини эшитди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат бошчилигида жиноят ва хуқуқбузарликларни олдини олиш мақсадида профилактика инспекторининг хисоботи эшитилди.
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
CHINOZ TUMANI. DEPUTATNING AXBOROTI ESHITILDI

⚡️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Olimjon Dadajonov saylangan okrugidagi “ Nafis”, “Rasulobod” hamda "Oydin" mahallalarida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

⚡️Mazkur uchrashuvda “Nafis”, “Rasulobod” va "Oydin" mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va a’zolari, O‘zLiDeP tuman Kengashi apparati rahbari F.Tojiqulov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

⚡️Tadbir davomida deputat tomonidan 2025-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan keng qamrovli axborot berildi. Jumladan, mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash, obodonlashtirish, aholining turmush tarzini yengillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, saylovchilardan tushgan murojaat va takliflarni o‘rganish va hal etish yo‘lida olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

⚡️Uchrashuv jarayonida aholining dolzarb masalalari, taklif va mulohazalari tinglanib, muammolarni joyida o‘rganish va hal etish uchun mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

⚡️Deputat Olimjon Dadajonov ushbu kabi ochiq muloqotlar saylovchilarning fikrini o‘rganish va ularning ehtiyojlariga asoslangan samarali qarorlar qabul qilishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Slide 1 of 4