Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Депутат ногиронлиги бўлган сайловчиларнинг турмуш шароитларини ўрганди ва уларни муаммоларини тинглади.
янв.21
Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar murojaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
Ishtixon tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida o‘rganishlar olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholi turmush darajasini oshirish, oilalarning iqtisodiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda.

Mazkur dastur doirasida “mahalla yetakchilari”, tijorat banklari, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda faol tadbirkorlar bilan hamkorlikda aholining o‘z tomorqa yerlaridan samarali foydalanishini ta’minlash, ishtiyoqmand fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilishga keng jalb etish maqsad qilingan.

Ishtixon tumanida ushbu dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Kengashining 24-Qulchara saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberganova Gulpashsha Sharipovna tomonidan tahliliy o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida oilalarning tomorqa yerlaridan foydalana olish imkoniyatlari, o‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun mavjud sharoitlar, kredit va subsidiya mexanizmlari, kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlar chuqur tahlil qilindi.

Deputat tomonidan aholining iqtisodiy faolligini oshirish, xususan, kambag‘al qatlamni dastur doirasida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha amaliy choralar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Ishtixon tumanida ushbu dastur asosida fuqarolarga kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, o‘z tomorqasini daromad manbaiga aylantirish imkoniyatlari berilishi orqali ularning iqtisodiy mustaqilligi va farovonligi ta’minlanmoqda. 

Slide 1 of 3