Xalq deputatlari Qo'ng'irot tumani kengashi deputati M.Matmuratova tashabbusi bilan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ilmga chanqoq qobilyatli yoshlarni aniqlash va ularning iste'dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida Qo'ng'irot tumani 53-sonli Umumta'lim maktabida "Deputat sovrini" nomli "Zakovat" intelektual o'yini tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Qo'ng'irot tumani kengashi deputati M.Matmuratova va Yoshlar ishlari agentligi Qo'ng'irot tumani bo'limi boshlig'i B.Saklapov qatnashib g'oliblarni qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladi.