DEPUTAT VA AHOLI UCHRASHUVI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri 25-Talashqon saylov okrugi deputati Tursunov Otabek Tojiyevich "Cho‘yinchi" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi va saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar murojaatlari eshitildi. Mazkur uchrashuvda mavjud muammolar, fikr mulohazalar va takliflar eshitildi. Xar bir murojaat yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilanib ijrosi ta’minlanishi belgilandi.