Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
O‘zLiDeP Qo‘shko‘pir tuman Kengashi tomonidan o‘tkazilgan saralash jarayoni

O‘zLiDeP Qo‘shko‘pir tuman Kengashi tomonidan o‘tkazilgan saralash jarayoni

Xabar berganimizdek Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida saralash bosqichlariga start berilgan edi.

2025-yilning aprel oyida O‘zLiDeP Qo‘shko‘pir tuman Kengashi tomonidan  Nizom talablariga muvofiq hakamlar hay’ati shakllantirildi. Hakamlar hay’ati tarkibiga malakali, tajribali va partiya faoliyati bilan yaqindan tanish bo‘lgan mutaxassislar jalb etildi.

Nomzodlarni saralash jarayoni belgilangan tartibda, ochiqlik va adolat tamoyillari asosida tashkil etildi. Har bir nomzod bilan individual suhbat o‘tkazilib, ularning bilim saviyasi, siyosiy dunyoqarashi, yetakchilik qobiliyatlari va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari atroflicha baholandi.

Natijada, eng munosib va faol nomzodlar tanlab olindi va keyingi bosqichlarga tavsiya etildi. Bu jarayon partiya tizimida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda faol o‘rin egallashiga zamin yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

O‘zLiDeP Qo‘shko‘pir tuman Kengashi ushbu tashabbusni davom ettirib, kelgusida ham iste’dodli yoshlarni izlab topish, ularni rivojlantirish va partiya safida faol ishtirok etishlariga sharoit yaratishni maqsad qilgan.

Slide 1 of 1