Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Charag’on mahallasida elektr tarmog‘idagi muammo muhokama qilindi

Charag’on mahallasida elektr tarmog‘idagi muammo muhokama qilindi

🟢 10-Yodgorxo’ja saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati Doston Ubaydullayev Charag‘on mahallasining Obod ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

✅ Uchrashuvda fuqarolar tomonidan eskirgan simyog‘ochlar elektr uzilishlariga va xavfsizlik muammolariga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.

Deputat D.Ubaydullayev ushbu masalani hal qilish bo‘yicha mahalliy hokimiyat va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishini ma’lum qildi.

Kelishilgan qarorlar:

— Simyog‘ochlar joriy yilning may oyi yakunigacha yangisiga almashtiriladi.

— Elektr tarmoqlari tashkiloti bilan loyiha bo‘yicha kelishuv amalga oshiriladi.

— Ish jarayoni deputat va mahalla faollari tomonidan nazorat qilinadi.

10-Yodgorxo’ja saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tuman Kengashi deputati D.Ubaydullayev

Slide 1 of 5