Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат дастурга тушган ариқ битонлаш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат хашар ишларига бошчилик қилди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан биргаликда кексалар ҳолидан хабар олди.
янв.21
Депутат халқнинг муаммолари билан
янв.21
Депутат фуқаролар учун қабул ўтказди.
янв.21
Депутат халқнинг жонкуяр вакили
янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат- Маҳалла еттилиги ва фуқаролар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат фуқаролар қабули ўтказди.
XALQ BILAN MULOQOT – MUAMMO YECHIMINING SAMARALI USULI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga 8-Dehqonbozor saylov okrugidan saylangan deputat S.Sopayev Bogʻot tumani Dehqonobod, Hunarmand, Uzumzor, Oʻzgarish, Ma’naviyat, Sohibkor, Koʻhna birlashuv, O.Otajonov, Nurafshon, Ashxobod, Nurli maskan, Gulshan mahallalarida boʻlib aholi bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. 

Dehqonobod mahallasida oʻtkazilgan uchrashuvda aholi tomorqa yerlaridan unumli foydalanish maqsadida mahalla hududidan oʻtgan Osyop kanali 10 yillab qazilmasdan qolgan uchun kanalni qazish taklif qilindi. Shuningdek, Uzumzor, Hunarmand, Oʻzgarish mahallalarida ham kanal qazish muammosi aytib oʻtildi va bu boʻyicha tushuntirishlar berildi. 

Bundan tashqari saylovchilar bilan uchrashuvlarda qator muammoli masalalar, xususan, Ma’naviyat mahallasida Maktab oldiga svetofor oʻrnatish, Sohibkor mahallasida ichimlik suvi oʻtkazish, Nurafshon mahallasida Tuman mol bozorini koʻchirish, koʻkaldosh va Ezgulik koʻchalariga shagʻal yotqizish hamda Ezgulik koʻchasiga yangi transformator oʻrnatish, Nurli maskan mahallasida koʻchalarga shagʻal yotqizish, Olchazor va Xalqparvar koʻchalarida tok kuchlanishi pastligi sababli yangi transformator oʻrnatish, Ashxobod mahallasida yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida 1-sonli kasb hunar maktab zaliga va futbol maydonchalariga tashqi yoritgichlar o‘rnatish bo’yicha murojaatlar bildirildi. 

Uchrashuvlar davomida murojaatlarning yechimi yuzasidan amaliy ishlar olib borilishi bo’yicha tushuntirishlar berildi.  

Slide 1 of 3