35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYAT, BUYUK G‘URUR!

Yunusobod tumanining “Katta Hasanboy” MFY hududida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanavor bayram tadbiri va xalq sayli ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

🎉Tadbirda Toshkent shahar Kengashi deputati S. Usenov, Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi
A. Saidaliyev hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

🎶Bayram dasturi davomida tuman madaniyat markazlarining iqtidorli ijodiy jamoalari, xushovoz xonandalari va sozandalari tomonidan Vatanga muhabbat, yurt tinchligi va istiqlol g‘oyalarini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar hamda jozibador sahna chiqishlari namoyish etildi.

🏆Shuningdek, mahalla hayotida faol ishtirok etib, hudud obodligi va rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faol va fidoyi yurtdoshlarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

🇺🇿35 yil — ozodlik, tinchlik, bunyodkorlik va yuksalishlar tarixi! Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, xalqimiz qalbi quvonch va shukronalikka to‘la bo‘lsin!

🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Slide 1 of 4