35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Navbahor" mahallasida Hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda Hokim yordamchilarining hisobdorligini oshirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 6-Navbahor saylov okrugidan saylangan deputat K.Amanqulovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Navbahor" MFYda bo‘lib, Hokim yordamchisining ish faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayoni deputatlar faoliyatining "24 ta muhim yo‘nalishi" va "4-ustuvor yo‘nalishi" hamda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–328-sonli Qonuni talablari asosida o‘tkazildi. Monitoring davomida xonadonbay o‘rganishlar samaradorligi, tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan sharoitlar, imtiyozli kredit va subsidiyalarning manzilliligi hamda aholi bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yakunda Hokim yordamchisi faoliyatini kuchaytirish hamda hudud iqtisodiy salohiyatidan unumli foydalanish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2