Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #fuqarolar_qabuli #murojaat_daftari

⏺Itimoiy xodim faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari yakunlangach, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov shahardagi “Jayhun” mahallasida fuqarolar qabuli tashkil etildi.

💬Qabul davomida mahalla aholisi o‘zlarini qiynab kelayotgan muammo va takliflari bilan murojaat qilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli masalalarni ko‘tardilar.

🟢Qabul davomida fuqarolardan ijtimoiy yordam va ko‘mak olish, imtiyozli kredit olish, bandlikni ta’minlash va ishga joylashish, mahalla hududida infratuzilmani rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushdi.

🟢Har bir murojaatga individual yondashilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning mazmuni, ularni hal etish imkoniyatlari va mas’ul tashkilotlar vakolatlari o‘rganib chiqildi.

🟢Fuqarolarning murojaatlari belgilangan tartibda deputatning murojaatlar daftariga qayd etildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, ularning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

🫥Mahallalarda tashkil etilayotgan bunday qabullar deputatlar uchun aholi bilan bevosita muloqot qilish, joylardagi real muammolarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar oldiga aniq masala sifatida qo‘yish va muammolarning yechimini nazorat qilish imkonini bermoqda.

Slide 1 of 1