Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Bo'ston mahallasida o'rganish olib borildi

#24_ta_muhim_masala #deputat_daftari
🖥Bo'ston mahallasida o'rganish olib borildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Jamshidbek Eminov saylangan 2-Bo'ston saylov okrugida tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Abduxamid Eminjonov tomonidan Bo'ston mahallasida joylashgan ko'prik holati o'rganildi.
O‘rganish davomida mazkur ko‘prik Yuqori Vodil mahallasini Bo‘ston mahallasi bilan bog‘lab turuvchi muhim infratuzilma obyektlaridan biri bo‘lib, undan, ayniqsa, Yuqori Vodil mahallasida yashovchi o‘quvchilarning Bo‘ston mahallasida joylashgan 18-maktabga qatnashi uchun foydalaniladi.

Ko‘prikning qayta qurilishi mahalla aholisi, xususan, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkoniyatini yaratadi hamda hududlar o‘rtasidagi transport qatnovini yaxshilashga xizmat qiladi. Mazkur ko'prikni qayta qurish masalasi deputatning "ko'cha aylanish daftari"ga qayd etildi.

Ushbu ko'prikni qayta qurish taklifi “Tashabbusli budjet” jarayonlariga kiritilgan. Lekin  Bo‘ston mahallasi “Tashabbusli budjet” jarayonlarida shu kunga qadar g‘olib bo‘lmagan. Mazkur muhim loyihani amalga oshirish va aholining mavjud muammosini hal etish maqsadida hudud deputati hamda mahalla yettiligi tomonidan tegishli amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘rganish natijalari asosida loyiha yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilishi belgilandi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 2