Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

#162_ta_qonun #biriktirilgan_tashkilot
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Xalq deputatlari Farg'ona tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Farruxbek Abdusalomov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Abduxamid Eminjonovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi yuzasidan Kadastrlar palatasi tuman bo'limida o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining tegishli qarorlariga asosan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi belgilangan tartibda e’tirof etilayotgani aniqlandi.
Mazkur huquqlarning e’tirof etilishi natijasida fuqarolarda o‘z uy-joylarini qonuniy rasmiylashtirish, boshqa shaxsga sotish hamda oila a’zolarini doimiy ro‘yxatga qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Shuningdek, mulkdorlar uy-joyni ta’mirlash yoki qo‘shimcha qurilish ishlarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish, uy-joy jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan taqdirda esa qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘ladi.
Mazkur Qonunning mazmun-mohiyati va fuqarolarga berayotgan imkoniyatlari yuzasidan deputatlar tomonidan huquqiy targ‘ibot va tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 3